locale OZ

Pedro Porro bir oyga safdan chiqdi

Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedro Porro bir oyga safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

«Tottenham» klubi va Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Pedro Porro jarohati sabab taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar berdi.

Ispaniyalik lateral son orqa qismidan jarohat olgan. Shu bois u Ispaniya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasi doirasidagi yaqin uchrashuvlarida ishtirok etmaydi.

Shuningdek, Porro «Tottenham»ning 10-oktabr kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachining 24-oktabr kuni «Chelsi»ga qarshi London derbisida maydonga qaytishi kutilmoqda.

Porro joriy mavsumda Angliya chempionatida 3 ta uchrashuv o‘tkazdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting