locale OZ

Pedro Netuning agenti futbolchini \"Al-Hilol\"ga taklif qildi

Hozircha "Al-Hilol" va "Chelsi" o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani haqida ma'lumot yo'q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedro Netuning agenti futbolchini "Al-Hilol"ga taklif qildi
Foto: Getty Images

"Chelsi" vingeri Pedro Netu Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o'tishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Janluiji Longarining ma'lum qilishicha, portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh o'z mijozini "Al-Hilol"ga taklif qilgan. Saudiya klubi hozirda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun bir nechta variantlarni ko'rib chiqmoqda va Netu ham nomzodlar qatoridan joy olgan.

Hozircha "Al-Hilol" va "Chelsi" o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani haqida ma'lumot yo'q. Shuningdek, futbolchining o'zi ham ehtimoliy transfer yuzasidan hech qanday bayonot bermagan.

Eslatib o'tamiz, Pedro Netu 2024-yilda "Chelsi" safiga qo'shilgan va jamoaning asosiy qanot hujumchilaridan biri hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting