Pedro Moreyra: “Imkoniyatlarimiz koʻp boʻldi, farqli tomoni raqib vaziyatlaridan foydalanib ketdi”


“Paxtakor” – “Andijon” (2:3) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Pedro Moreyra qatnashdi.
- Oʻyinimiz biroz qiyin kechdi. Uchrashuv davomida tashabbusga erishishga harakat qildik. Birinchi boʻlimda yaxshi oʻyin koʻrsatayotgandik. Birinchi golni oʻtkazganimizdan keyin oʻyinga oʻzgartirishlar kiritishga harakat qildik. Oldinga oʻtishga intildik. Biroq standart vaziyatlardan gol oʻtkazib yubordik. Shogirdlarim oʻzlarining mahoratlarini koʻrsatishdi. Ular oxirigacha kurashishdi. Biroq bunday natija boʻlmasligi kerak edi.
- Gʻalaba qozonish uchun vaziyat yaratish kerak. “Paxtakor” birgina “Mashʼal” bilan oʻyinda kuchli taraflarini koʻrsata oldi. Qolgan uchrashuvlarda esa oʻz darajasida yetarlicha imkoniyatlar yarata olmayapti. Vaholanki, oʻyinchilar hujumkor oʻynay oladilar. Bu nima bilan bogʻliq?
- Bizga qarshi hamma jamoalar kutib oʻynashadi. Darvozaga yaqin joyda futbolchilari koʻp boʻladi. Shuning uchun kutishga, ularga qiyinchilik tugʻdirishga harakat qilamiz. Lekin bugun oʻyin davomida ancha yaxshi harakat qildik, ammo natija boʻlmadi. Birinchi boʻlimda 2-3 ta imkoniyatimiz boʻldi. Hatto, darvozaga kirib ketayotgan toʻpni himoyachi qaytarib yubordi. Gol oʻtkazgandan keyin tavakkalchilikka oʻtishga majbur boʻldik. Ular standartdan imkon qadar foydalanib ketishdi.
- “Andijon” klubi hali Toshkentda yutmagandi. Tarixda birinchi marta safarda “Paxtakor” ustidan gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Oʻyindan oldin raqibni qanchalik oʻrgangandingiz?
- Biz raqibni hurmat qilgan holda kim qanaqa oʻynashini qarab chiqdik. Fikrimcha, bugun toʻp nazorati koʻproq “Paxtakor”da boʻldi. Bor imkoniyatdan gol urishga harakat qildik. Bizga qiyinchilik tugʻdirgan narsa birinchi boʻlib gol oʻtkazganimiz boʻldi. Ammo bunday natija boʻlmasligi kerak edi. Futbolchilarimiz yaxshi oʻyin koʻrsatishgandi.
- Nima uchundir “Paxtakor”ning ustun taraflari va rejalari raqibga qarshi oʻtmayapti. Holbuki, raqib oʻz rejalarini oʻtkaza olyapti. “Andijon”ning ustun taraflari – jarima zarbalari, burchak toʻplari va ikkinchi qavatda yaxshi oʻynaydi. Jamoa oʻz ustunligini koʻrsata oldi.
- Biz ham buning ustida ishlaganmiz. Misol uchun, hujumda va himoyada qanday oʻynash borasida oʻylaganmiz. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, imkoniyatlarimiz koʻp boʻldi. Faqatgina farqli tomoni, raqib oʻz imkoniyatlaridan foydalanib ketdi.
- Oʻyinlardan oldin hamkasbingiz bilan koʻrishayotganda kichkinagina sovgʻa beryapsiz. Bu nima ekanligi qiziq...
- Bizda shunaqa odat borki, mehmon jamoa kelganda qandaydir sovgʻa beriladi. Chunki bizni stadionga kelgan raqib jamoa murabbiyiga hurmat koʻrsatish yuzasidan esdalik uchun sovgʻa topshiramiz.
- Bu asalmidi?
- Asosiy narsa, ichida shirinlik narsa va yongʻoq bor.
- “Paxtakor”ga qarshi jamoalar yopiq oʻynaydi va tempni pasaytirishga harakat qiladi deyilyapti. “Paxtakor” Oʻzbekistonning grand klubi boʻlgani uchun har doim har bir jamoa oʻz kuchidan kelib chiqib, bu jamoaga qarshi himoyaviy oʻyin koʻrsatib kelgan. Masalan, “Andijon” 10 yil oldin ham “Paxtakor”ga qarshi himoyaviy oʻynagan. Bu safar ham shunaqa oʻynayapti, ammo yutib ketyapti...
- Raqib jamoa bizni hurmat qilib kutadi. Yopiq oʻyinlarda ham ular vaziyatlarini kutadi. Biz ham ishlayotganda oldindagi vaziyatlarga tayyorgarlik koʻramiz, rejalashtiramiz. Jamoa ham bir hafta davomida ishladi, oʻzini koʻrsata oldi, sifatli oʻyin koʻrsatdi. Ayrim oʻyinchilarimizda jarohat bor. Toʻgʻrisini aytganda, ular bizga yetishmayapti. Jarohatlanganlar safga qaytishsa, jamoamiz yanada kuchayadi. Biz harakat qildik, futbolchilar toʻpni oʻngdan-chapga uzatib, joy qidirishga harakat qilishdi. Biroq raqib imkoniyatlaridan foydalanib ketdi.

Futbol
Kecha da 17:06

Futbol
Kecha da 14:13

Futbol
Kecha da 13:19