locale OZ

Pedri “Valensiya” muxlislariga minnatdorlik bildirdi

23 yoshli futbolchining o‘yini mezbon muxlislar tomonidan ham yuqori baholandi.
Pedri “Valensiya” muxlislariga minnatdorlik bildirdi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Pedri “Valensiya”ga qarshi safardagi yirik g‘alabadan so‘ng “Mestalla” tribunalaridagi muxlislarga alohida minnatdorlik bildirdi. Kataloniya klubi La Liganing 4-turida raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi, Pedri esa 79-daqiqada jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

23 yoshli futbolchining o‘yini mezbon muxlislar tomonidan ham yuqori baholandi. Uchrashuv davomida “Valensiya” tarafdorlari Pedrini olqishlab, unga hurmat ko‘rsatdi. Futbolchi esa bahsdan keyin raqib jamoa muxlislaridan bunday munosabatni ko‘rish o‘zi uchun alohida his ekanini aytdi va “Valensiya”ga mavsum davomida omad tiladi.

“Barselona” ushbu g‘alabadan so‘ng dastlabki to‘rt turda maksimal 12 ochko jamg‘ardi va La Liga peshqadamligini saqlab qoldi. “Valensiya” esa bir ochko bilan turnir jadvalining quyi qismida qolmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting