locale OZ

Pedri qachon maydonga qaytishi maʼlum boʻldi

«Barselona» yarimhimoyachisi yanvar oyi oxirida safdan chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri qachon maydonga qaytishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jarohatidan forigʻ boʻlgan yarimhimoyachi Pedrining 22 fevral sanasida bo‘lib o‘tadigan «Levante»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli ispaniyalik iqtidor tizza osti payidagi jarohat sababli yanvar oyi oxiridan buyon «ko‘k-anorranglilar» safida maydonga tushmayotgan edi.

Kataloniyaliklar ustozi futbolchining holati haqida shunday deydi:

«Ehtimol, u yakshanba kungi bahsda bir necha daqiqa maydonda harakat qilar. Biroq eng quvonarli holat — Pedrining allaqachon umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshlaganidir. U biz uchun juda muhim futbolchi. O‘zining noyob mahorati va o‘yin uslubi bilan u o‘ziga xos yetakchi hisoblanadi. Kelajakda Pedri klubning asosiy poydevoriga aylanadi», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Pedri «Barselona» safida barcha turnirlarda jami 25 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga ulgurgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting