locale OZ

Pedri kamida bir oyga safdan chiqdi

Futbolchi "Slaviya"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri kamida bir oyga safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Pedri jarohat sabab kamida bir oyga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi Chexiyaning “Slaviya” jamoasiga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchrashuvida (4:2) jarohat oldi. Mazkur bahsda Pedri bitta golga uzatma amalga oshirdi va 61-daqiqada almashtirildi.

Klub bergan bayonotda, Pedrining o‘ng oyog‘idagi son orqa mushaklari jarohati tasdiqlandi. Tiklanish muddati taxminan bir oy davom etishi mumkin.

Pedrining klub bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 140 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting