Pedri: \"Hamma meni Garri Potter deb chaqiradi\"
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi o‘ziga berilgan noodatiy laqab haqida fikr bildirdi.
Foto: Getty Images
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri o‘ziga berilgan noodatiy laqab haqida fikr bildirdi.
"Hamma meni Garri Potter deb chaqiradi. Men sehrgar emasman, lekin maydonda imkon qadar sehr yaratishga harakat qilaman."
Pedri so‘nggi yillarda to‘p bilan muomalasi, o‘yinni boshqarish qobiliyati va nozik uzatmalari tufayli ko‘plab futbol mutaxassislari tomonidan "Garri Potter" laqabiga munosib ko‘rilmoqda. Avvalroq Luis Enrike ham uni aynan shu laqab bilan atab, Pedrining maydondagi "sehrli" harakatlariga yuqori baho bergandi.
23 yoshli yarim himoyachi JCh-2026 davomida ham Ispaniya terma jamoasining asosiy yetakchilaridan biri bo‘lib qolmoqda va turnirdagi eng yorqin futbolchilardan biri sifatida e'tirof etilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist