locale OZ

Pedri: «Finalda Messiga qarshi o‘ynashni orzu qilaman»

Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Pedri 2026-yilgi jahon chempionatidagi asosiy orzusi haqida gapirib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri: «Finalda Messiga qarshi o‘ynashni orzu qilaman»
photo: gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Pedri 2026-yilgi jahon chempionatidagi asosiy orzusi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda AS nashriga tayanib Championat xabar bermoqda.

“Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynash — mening orzum. Men uchun u tarixdagi eng buyuk futbolchi. Uning o‘yinini kuzatish menga juda yoqadi. Biz har kuni birga mashg‘ulot o‘tkazgan paytlarimizda ham uning harakatlaridan zavq olardim. Uning maydonda qilayotgan ishlari — aql bovar qilmas darajada. Bunday yoshda bunday o‘yin ko‘rsatish faqatgina uning yuksak mahorati tufayligina imkonli. Men uchun u — tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi”, deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasining 1/8 finalida Ispaniya milliy jamoasi Portugaliya bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs 6 iyul kuniga belgilangan. Argentina milliy jamoasi esa ushbu bosqich doirasida 7 iyul kuni Misrga qarshi maydonga tushadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting