Pedri Alvares haqida fikr bildirdi
Argentinalik «Barselona»ga o‘tishi kutilmoqda.
ФОТО: Getty images
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Kataloniya klubiga o‘tishi kutilayotgan «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Menga Xulian futbolchi sifatida juda yoqadi. Men doim «Barselona»da buyuk futbolchilarni ko‘rishni xohlayotganimni aytganman. Xo‘sh, agar transfer amalga oshsa, unda xush kelibsan», — deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Diario AS.
Avvalroq, «Barselona» Alvares transferiga qiziqayotgani, futbolchining o‘zi esa Madrid klubini tark etish istagini oshkora bildirgani xabar qilingandi. Alvaresning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Hozirda hujumchi JCH-2026da ishtirok etish uchun Argentina terma jamoasi ixtiyorida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist