«Paxtakor»ning Elit OChL saralashidagi raqibi ma'lum bo‘ldi
Uchrashuv joriy yilning 11 avgust kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tkazildi.
Фото: Getty Images
Toshkentning “Paxtakor” klubi 2026/2027-yilgi mavsum uchun Osiyo Chempionlar Ligasi Elit (OChL Elit) saralash bosqichida Iordaniyaning “Al-Husayn” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv joriy yilning 11 avgust kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tkazildi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) joriy mavsumdan boshlab qit’aning eng nufuzli klub musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 24 tadan 32 taga oshirdi.
Elit g‘olibi qit’a chempionligi bilan birga 2027-yilgi Qit’alararo kubok va 2029-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Turnirning final bosqichlari 2029-yilgacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist