locale OZ

«Paxtakor» U-21 ligasida 11-bor chempionga aylandi

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham "Paxtakor" rekordchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Paxtakor» U-21 ligasida 11-bor chempionga aylandi
Фото: Пахтакор ПФК

Yoshlar jamoamiz birinchilikning 28-turida "Qo‘qon-1912"dan ustun kelib, ushbu ligada 11-bor chempionlikka erishdi.

Bungacha "Paxtakor" 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2010, 2012, 2018, 2023 va 2024-yillarda U-21 ligasida mavsumni eng yuqori pog‘onada yakunlagandi. Bu safar esa 11-chempionlik qo‘lga kiritildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham "Paxtakor" rekordchi sanalib, 7 chempionlikka ega "Neftchi" bilan farqni kattalashtirdi.

Mavsumni barqaror o‘tkazgan "Paxtakor" yoshlar jamoasi chempionlikni o‘zida saqlab qola oldi. Ketma-ket uchinchi yil chempionlik bizda qoldi. Ushbu muvaffaqiyat qo‘lga kiritilishida klub rahbariyatidan tortib akademiya xodimlarining xizmatlarigacha e’tirof etib o‘tish lozim. Brunu Karvalyu va Shuhrat Bo‘riyev boshchiligidagi jamoa mavsumni ajoyib notada yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting