«Paxtakor» tarbiyalanuvchilari xalqaro turnir finalida ishtirok etadi
Фото: Пахтакор ПФК
Ma'ruf Zokirjonov boshchiligidagi "Paxtakor-2014" xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Guruh bosqichidagi o‘yinlarda "Sabah" (1:0), "Shaxtyor" (0:0) va "Neftchi" (0:1) bilan maydonga tushgan yosh futbolchilarimiz ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l olishdi. Ushbu bosqichda mezbonlarning "Yulduz" jamoasi ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qo‘lga kiritildi.
Yarim finalda Ozarbayjonnning yana bir klubi "Sabah" ustidan 3:1 hisobida ustun kelingan. Ertaga bo‘lib o‘tadigan final bahsida guruhda to‘qnash kelingan raqib – Bokuning "Neftchi" jamoasiga qarshi bellashuv o‘tkaziladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist