«Paxtakor» Sherzod Temirovni ortga qaytarmoqchi
Avvalroq u “Erbil” klubi bilan xayrlashgan edi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov faoliyatini O‘zbekiston chempionatida davom ettirishi mumkin.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, unga "Paxtakor" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Klub sobiq forvardni ortga qaytarishi mumkin.
Temirov ilgari "sherlar" libosida o‘ynagan. Keyinchalik xorij chempionatiga yo‘l olgan.
Avvalroq u "Erbil" klubi bilan xayrlashgan edi. Sherzod bu jamoa safida 28 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist