locale OZ

«Paxtakor» - «Nasaf». O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Toshkentdagi bahs soat 20:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Paxtakor" - "Nasaf". O‘zaro o‘yinlar tarixidan
Фото: Пахтакор ПФК

Superliga 10-turi markaziy o‘yinida "Paxtakor" Toshkentda "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi.

Agar to‘qnashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, chempionatlarda jamoalar jami 58 marta o‘zaro bahs olib borgan. Shulardan 31 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 15 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 12 o‘yinda zafar quchgan. Raqib darvozasiga 82 bor to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 51 gol o‘tkazib yuborgan.

Toshkentdagi bellashuvlarda "Sherlar" 22 g‘alaba, 5 durang va atigi 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Toshkentdagi bahslarda "Paxtakor" 49 gol urib, 15 ta to‘p o‘tkazgan.

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 28 aprel, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting