locale OZ

Paxtakor FM 2026-yildan boshlab Proligada ishtirok etadi

Farm jamoa tarkibida ro'yxatdan o'tgan futbolchi Superliga va U21 chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paxtakor FM 2026-yildan boshlab Proligada ishtirok etadi
Фото: UzPFL

"Paxtakor" klubi qoshidagi farm jamoa Qibraydagi futbol bazasida joylashgan stadion kapital ta’mirdan chiqqunga qadar o‘z uy o‘yinlarini "Paxtakor" stadionida o‘tkazish, shuningdek, Proliga reglamentida aks etgan barcha talablarni bajarish uchun kafolat berdi.

Ma’lumki, farm jamoa tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi Superliga va U21 chempionatida ishtirok eta olmaydi. Jamoa tarkibida o‘zini ko‘rsatgan futbolchi faqatgina mavsumlar oralig‘ida asosiy jamoaga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, klubning Proliga jamoasida ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan futbolchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi Birinchi liga musobaqasinikidan farq qiladi.

"Paxtakor" futbol maktabidan yetishib chiqayotgan futbolchilarning nisbatan yaxshiroq musobaqa va stadionlarda to‘p tepishi, shuningdek, Superliga uchun da’vogar klublarga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi inobatga olinib, klub rahbariyati shunday qarorga keldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting