locale OZ

«Paxtakor» - «Bunyodkor». O‘zaro uchrashuvlarda kim ustun?

Hozirgacha o‘tkazilgan 41 bellashuvning 17tasida "Sherlar" g‘olib bo‘lishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Paxtakor» - «Bunyodkor». O‘zaro uchrashuvlarda kim ustun?
Фото: Пахтакор ПФК

Superliga 23-turida jamoamiz Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan o‘ynaydi.

“Bunyodkor” bilan kechadigan derbilar hamisha keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 41 bellashuvning 17tasida "Sherlar" g‘olib bo‘lishgan. 10ta bahsda durang va 14 o‘yinda raqib g‘alabasi kuzatilgan. "Paxtakor" 56 to‘p kiritib, 48 gol o‘tkazib yuborgan.

Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan. O‘z maydonimizdagi bahslarda 10 g‘alaba, 6 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etilgan. Gollar urish borasida ustunlik jamoamiz tarafida - 31:17.

"Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 9 oktabr, juma kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting