“Paxtakor-79” – Unutilmas yulduzlar
Aviakatastrofa qurbonlarini xotirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi
Rasm: Telegram
Bugun, 11 avgust kuni “Paxtakor” stadionida o‘rnatilgan yodgorlik oldida va Botkin qabristonida 1979-yil 11-avgust kuni yuz bergan aviahalokatda halok bo‘lgan jamoa a’zolarini xotirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda futbol jamoatchiligi, faxriylar, klub vakillari va muxlislar ishtirok etdi. So‘z olganlar “Paxtakor”ning butun O‘zbekiston sha’nini dunyoga tanitganini, muxlislarning faxri bo‘lganini hamda o‘sha fojia futbolimiz tarixidagi eng katta yo‘qotishlardan biri ekanini ta’kidladilar.
“Samoga sochilgan yulduzlar” nomi yillar o‘tgan sayin unutilmaydi, ularning siymosi yosh avlod qalbida faxr va ehtirom bilan yashamoqda.


Bakradze Iman
Redaktor