locale OZ

«Paxtakor» 6 yanvardan mashg'ulotlarga kirishadi

Mashg'ulotlar davomida jami 7 ta o'yin o'tkazish reja qilingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Paxtakor» 6 yanvardan mashg'ulotlarga kirishadi
Фото: Пахтакор ПФК

2026 yilgi mavsumga tarkibda yo'qotishlarsiz kirib kelayotgan jamoamiz 6 yanvar kuni Toshkentda yig'iladi.

Fabio Kannavaro yanvar oyining so'nggi o'n kunligida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan xorijda yig'in o'tkazadi. "Paxtakor"ning ko'plab futbolchilari yig'inga yo'l oladilar. U-21 hamda U-19 chempionatida g'olib bo'lgan futbolchilarimiz uchun imkoniyat.

Kamoliddin Tojiyev dastlabki xorij yig'inini 17-30 yanvar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazadi. O'yinlar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

Ikkinchi yig'in to'liq asosiy tarkib futbolchilari bilan bo'lib o'tadi. Yana 2 hafta davomida Turkiyada bo'lamiz.

Mashg'ulotlar davomida jami 7 ta o'yin o'tkazish reja qilingan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting