«Paxtakor-2013» xotira turniri g'olibiga aylandi
"Paxtakor-79" xotira turnirida bugun hal qiluvchi bahslar bo'lib o'tdi. 3-o'rin uchun bahsda "Bunyodkor" "Lokomotiv"ni yagona gol evaziga mag'lub etdi.
"Paxtakor" va OKMK o'rtasidagi final o'yini keskin ruhda o'tdi. Bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida tarbiyalanuvchilarimiz aniqroq harakat qilib, 6:5 hisobida g'alaba qozonishdi.
Taqqdirlash marosimida "Paxtakor" afsonalari Birodar Abdurahimov va To'lagan Isoqov, bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev, futbolchilar Umar Adhamzoda, Zaid Tahsin, Braian Riaskos va Jonatan ishtirok etib, musobaqa sovrindorlari hamda eng yaxshi o'yinchilarga esdalik sovg'alarini topshirishdi.
Musobaqaning eng yaxshilari
Eng yaxshi darvozabon - Nurmuhammad Murodbekov (Lokomotiv)
Eng yaxshi himoyachi - Aliakbar Murodillaev (Bunyodkor)
Eng yaxshi yarim himoyachi - Ozod Ochilbekov (OKMK)
Eng yaxshi hujumchi - Vladimir Leo (Paxtakor)
Eng yaxshi futbolchi - Imron Umrzoqov (Paxtakor)
Eng yaxshi murabbiy - Pavel Purishkin (Paxtakor)