locale OZ

Paulu Fonseka: U hujum markazida ham, o‘ng qanotda ham harakat qilishi mumkin, ammo birinchi bosqichda men uni aynan hujumchi rolida ko‘ryapman

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka "Real"dan ijaraga olingan hujumchi Endrikni qanday vazifada ko‘rayotgani haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paulu Fonseka: U hujum markazida ham, o‘ng qanotda ham harakat qilishi mumkin, ammo birinchi bosqichda men uni aynan hujumchi rolida ko‘ryapman
photo: gettyimages

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka "Real"dan ijaraga olingan hujumchi Endrikni qanday vazifada ko‘rayotgani haqida gapirdi.

Avvalroq, murabbiy 19 yoshli braziliyalikning hozircha holati yaxshi emasligini va uning debyuti 11 yanvardan oldin bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.

"U hujum markazida ham, o‘ng qanotda ham harakat qilishi mumkin, ammo birinchi bosqichda men uni aynan hujumchi rolida ko‘ryapman," - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

11 yanvar kuni "Lion" Fransiya kubogida "Lill"ga qarshi bahs olib boradi. Endrik fransuz klubi safida 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha to‘p tepadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting