Paulu Bentu Toshkentda
O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tilga olinayotgan Paulu Bentu Toshkentga yetib keldi. Uning so‘nggi ish joyi BAA terma jamoasi bo‘lib, u yerda JCH–2026 saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng lavozimini tark etgan edi.
Bentu trenerlik faoliyati davomida “Sporting”, “Kruzeiro”, “Olimpiakos”, “Chunqin Lifan” klublari, shuningdek, Portugaliya, Janubiy Koreya va BAA terma jamoalarida ish tajribasiga ega.
Shu bilan birga, ayrim mutaxassislar qimmatga tushadigan va so‘nggi yillarda katta natijalarga erishmagan murabbiy biz uchun to‘g‘ri tanlov emasligini aytishmoqda. Ularga ko‘ra, tarixiy Jahon chempionati yo‘lida o‘zimizdan chiqqan murabbiyni ishonch bilan maydonga chiqarish afzalroq edi. Bu futbolchilar uchun ham, murabbiyning o‘zi uchun ham katta tajriba bo‘lishi mumkin edi.