Paulu Bentu O‘zbekistonga keldi. U terma jamoa bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Фото: Getty Images
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Portugalialik 56 yoshli mutaxassis Toshkentga yetib keldi. O‘FA rahbariyati bilan muzokara o‘tkazib, so‘ngra shartnoma imzolashi xabar qilinmoqda.
Paulu Bentu murabbiylik faoliyatini 2005 yili vatanida, “Sporting” klubida boshlagan. Keyinroq, Braziliyaning “Kruzeiro”, Gretsiyaning “Olimpiakos” va Xitoyning “Chuntsin Lifan” klublarida ishlagan.
2010 va 2014 yillar oralig‘ida Portugaliya milliy jamoasini boshqarib, Euro-2012 yarimfinaliga olib chiqqan. Keyinchalik Janubiy Koreyani Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022 final bosqichiga olib chiqib, Osiyoda ham hurmatga sazovor bo‘ldi. So‘nggi yillarda BAA milliy jamoasida ishlagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist