Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmaydi
ФОТО: Getty images
Portugaliyalik murabbiy Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish taklifini rad etdi. Bu haqda A Bola xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘FA mutaxassisga jamoani 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash uchun mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan edi.
Bentu taklifni qabul qilmadi, chunki o‘zbek tomoni taqdim etgan shartlar uning faoliyatining ushbu bosqichidagi maqsadlariga mos kelmagan.
56 yoshli mutaxassis 2025 yil mart oyida BAA terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketganidan so‘ng klubsiz qolgan. Uning qo‘l ostida jamoa Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini saqlab turgan bo‘lsa-da, shartnoma muddatidan avval bekor qilingan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist