Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
Фото: Getty Images
Portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Football-Asian nashri.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2026 yilda O‘zbekiston uchun tarixdagi ilk jahon chempionatida ishlaydigan bosh murabbiyni izlamoqda. Ular 2014 yilgi jahon chempionati g‘olibi Yoahim Lyo‘vga taklif yuborgan, biroq nemis mutaxassisi Toshkentning jiddiy taklifini rad etdi.
Turkiyaning faxriy sobiq murabbiyi Fotih Terim ham nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shilgan, ammo uni hali ishontirishmadi. Endi esa diqqat 56 yoshli portugaliyalik, klub va xalqaro futbolda boy tajribaga ega Bentuga qaratildi.
Ushbu murabbiy so‘nggi yillarda BAA terma jamoasiga boshchilik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist