locale OZ

Paulu Barbosa: «Ronaldu oʻz merosiga oʻzi putur yetkazmoqda»

Futbolchi yana tanqid ostiga olindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paulu Barbosa: "Ronaldu oʻz merosiga oʻzi putur yetkazmoqda"
ФОТО: Getty images

Portugal futbol agenti Paulu Barbosa Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida keskin fikr bildirdi.

«Krishtianu Ronaldu — bu muammo. Afsuski, u avvalgi darajasida emas. U shaxsiy rekordlarini terma jamoa manfaatlaridan ustun qo‘ymoqda.

Kecha Ronaldu Jahon chempionatini tark etdi, ammo shunga qaramay, 2028-yilgi Yevropa chempionatida ham o‘ynashni xohlayotganiga ishora qildi. Har qanday buyuk futbolchi uchun faoliyatini yakunlash qiyin kechadi. Ronaldu hali ham o‘zini yuqori darajada deb hisoblaydi, lekin bu unday emas.

Lionel Messi hamon yuqori saviyada o‘ynayapti, chunki u jamoa uchun harakat qiladi. Ronaldu esa buni qilmayapti.

Ronaldu oʻz merosiga oʻzi putur yetkazmoqda. U yangi avlodga yo‘l berish vaqti kelganini tushunmayapti. Endi boshqa futbolchilar oʻynashi, jamoadagi tizim aniq shakllanishi kerak. Katta ego — bu muammo va bunday futbolchilar uchun maydonni tark etish har doim qiyin boʻladi», — dedi Barbosa.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting