locale OZ

Paulo Dibala: «Messi va Ronaldu — maydondagi haqiqiy yirtqichlar»

Argentinalik yulduz zamonamizning eng kuchli ikki futbolchisi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paulo Dibala: «Messi va Ronaldu — maydondagi haqiqiy yirtqichlar»
FOTO: Getty Images

«Roma» klubi yarimhimoyachisi Paulo Dibala zamonamizning ikki buyuk futbolchisi — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqidagi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Sobiq regbi yulduzi Agustin Krevi bilan boʻlib oʻtgan suhbatda Dibala har ikki yulduz bilan ham bir jamoada (Ronaldu bilan «Yuventus»da, Messi bilan Argentina terma jamoasida) toʻp surgan kam sonli futbolchilardan biri sifatida ularning oʻziga xos jihatlariga toʻxtalib oʻtdi.

La Gazzetta dello Sport nashri iqtibos keltirishicha, Dibala ularning texnik jihatdan farq qilishini, biroq ruhiy tayyorgarlik borasida nihoyatda oʻxshash ekanliklarini taʼkidlagan.

Argentinalik futbolchining soʻzlariga koʻra, Messi va Ronaldu oʻzining kuchli raqobatbardosh ruhiyati va doimo gʻalaba qozonishga boʻlgan chanqoqligi bilan ajralib turadi. Dibala har birining oʻziga xos ustunliklari borligini eʼtirof etgan holda, ularni birgalikda maydondagi «haqiqiy yirtqichlar» deb atadi.

Maʼlumot uchun, Paulo Dibala 2022 yilning yozida erkin agent sifatida «Roma» safiga kelib qoʻshilgan edi. Yaqinda u oʻziga xos tarixiy natija qayd etdi: Dibala soʻnggi 20 yil ichida Italiya chempionatida 200 ta samarali harakat (gol va assist) koʻrsatkichini zabt etgan ilk xorijlik futbolchiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting