locale OZ

Paulo Dibala faoliyatini «Boka Xuniors»da davom ettirishi mumkin

Argentinalik hujumchi yozgi transferlar vaqtida «Roma»ni tark etishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paulo Dibala faoliyatini «Boka Xuniors»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Argentinada davom ettirishi va mamlakatning eng mashhur klublaridan biri — «Boka Xuniors» a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Hozirda Dibala jarohati sababli «Roma»ning so‘nggi bir necha o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Umuman olganda, joriy mavsumda futbolchi jamoa tarkibida barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uning Rim klubini tark etish ehtimolini yanada oshirmoqda.

Morettoning ma’lumotlariga ko‘ra, Dibala ayni damda «Boka Xuniors» rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Argentina klubi 32 yoshli hujumchini 2026 yilning iyun oyida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. O‘z navbatida, «Roma» ham moliyaviy xarajatlarni kamaytirish maqsadida futbolchining yuqori maoshli shartnomasini qayta ko‘rib chiqish yoki u bilan xayrlashish variantini o‘rganmoqda.

Maʼlumot uchun, Dibala joriy mavsumda «Roma» safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting