locale OZ

Patrik Viyeyra: «Peres sen «Real»ning taklifini rad etgan yagona futbolchi bo‘lgansan», degan edi».

Patrik Viyeyra faoliyati davomida uni «Real» Madridga to‘rt marta taklif qilishganini so‘zlab berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Patrik Viyeyra: «Peres sen «Real»ning taklifini rad etgan yagona futbolchi bo‘lgansan», degan edi».
photo: gettyimages

«Arsenal», «Yuventus», «Inter» va «Manchester Siti» klublari sobiq yarim himoyachisi Patrik Viyeyra faoliyati davomida uni «Real» Madridga to‘rt marta taklif qilishganini so‘zlab berdi.

«Futboldagi faoliyatim davomida faqat bir narsadan afsuslanaman — «Real»ga o‘tmaganimdan. «Arsenal»da o‘ynab yurgan vaqtlarimda (1996–2005 yillar) to‘rt yil davomida ketma-ket meni taklif qilishgan. So‘nggi urinishda men «ha» deb javob bergandim, hamma narsa kelishib bo‘lingandi. Ammo keyin o‘ylanib qoldim — «Arsenal»ni juda ham qattiq yaxshi ko‘rardim.

Vaqt o‘tib, «Manchester Siti» elchisi sifatida Madridga borganimda, Florentino Peres menga: «Sen «Real»ning taklifini rad etgan yagona futbolchi bo‘lgansan», degan edi».

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting