locale OZ

Patrik Dorgu jarohati sabab aprel oyigacha safdan chiqdi

«MYU» himoyachisi «Arsenal»ga qarshi oʻyinda tizzasimon payini shikastlab olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Patrik Dorgu jarohati sabab aprel oyigacha safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning qanot himoyachisi Patrik Dorgu sonning orqa qismidagi pay (tizzasimon pay) jarohati tufayli kamida 10 haftani o‘tkazib yuboradi. Bu haqda nufuzli The Athletic nashri xabar bermoqda.

Daniya terma jamoasi a’zosi yakshanba kuni «Emireyts» stadionida kechgan «Arsenal»ga qarshi bahsda uzoq masofadan ajoyib gol urib, «Yunayted»ni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Biroq quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi: kutilmagan vaziyatda muvozanatni yo‘qotgan futbolchi maysaga yiqilgach, oyog‘ida kuchli og‘riq sezdi va o‘rnini Benyamin Sheshkoga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Klub shifokorlari avvaliga buni oddiy mushak tortishishi (tirishish) deb baholashgan edi. Chuqurlashtirilgan tekshiruvlar jarohat kutilganidan ancha jiddiy ekanini ko‘rsatdi. Agar tiklanish jarayoni reja bo‘yicha ketsa, Dorgu aprel oyi boshida safga qaytadi.

Katta ehtimol bilan, u 11 aprel kuni «Old Trafford»da kechadigan «Lids»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting