locale OZ

Pas APLning 4 klubidan tushgan taklifni rad etdi

Niko “qirolic klub” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pas APLning 4 klubidan tushgan taklifni rad etdi
ФОТО: Getty images

“Komo”ning argentinalik yarim himoyachisi Niko Pas Madridning “Real” jamoasiga qaytishni istayapti.

21 yoshli futbolchi ehtimoliy «qirolic klub»ga o‘tish uchun bir necha grandlarga rad javobini berdi.

Teamtalk ma’lumotlariga ko‘ra, Pasga “Arsenal”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Manchester Siti” taklif bilan chiqqan.

Biroq futbolchi ingliz klublariga emas, aynan “Real”ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Niko “qirolic klub” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Madrid grandi rahbariyati argentinalikni kelasi yil yozida “Komo”dan sotib olishi mumkin. Yarim himoyachining bozor qiymati 55 million yevro deb baholanmoqda. Joriy mavsumda Pas 16ta o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol va 5ta assistga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting