Parti «Vilyarreal» bilan shartnoma imzolaydi
Photo: Getty Images
Londonning "Arsenal" jamoasida to'p surgan ganalik yarim himoyachi Tomas Parti tez orada Ispaniya klublaridan biri bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder David Ornshteyn xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli ganalik erkin agent "Vilyarreal" bilan 2 yillik bitim imzolash arafasida. Tayanch yarim himoyachisi Ispaniya klubi safida allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan.
Parti yangi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynash imkoniyati tufayli faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettirishga qaror qildi.
Tomas Parti o'tgan mavsum "Arsenal" tarkibida Angliya chempionatida 35 o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Bahrom Bobonov
Redaktor