locale OZ

«Parma» «Milan»ning A Seriyadagi 24 oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻydi

«Rossonerilar» mavsumning ilk turida «Kremoneze»ga imkoniyatni boy bergandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Parma» «Milan»ning A Seriyadagi 24 oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻydi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 26-turida «Parma» mehmonda «Milan»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur natija orqali klub Massimiliano Allegri shogirdlarining Italiya chempionatidagi 24 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.

«Milan» so‘nggi bor A Seriyaning ochilish turida, o‘z maydonida «Kremoneze»ga imkoniyatni boy bergan edi (1:2). O‘shandan buyon o‘tgan vaqt davomida «qizil-qoralar» milliy chempionatda 15 ta g‘alaba va 9 ta durang qayd etib, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishayotgan edi.

Ayni damda «Milan» 26 ta o‘yindan so‘ng 54 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Biroq, bu mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa peshqadam «Inter»dan 10 ochkoga ortda qolmoqda.

Maʼlumot uchun, «rossonerilar» oʻzining navbatdagi oʻyinini 1 mart kuni aynan «Kremoneze»ga qarshi oʻtkazadi. Bu uchrashuv Allegri jamoasi uchun o‘ziga xos revansh vazifasini o‘tashi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting