locale OZ

«Parij» Moize Kin bilan kuchayishni istamoqda — manba

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Parij» Moize Kin bilan kuchayishni istamoqda — manba
ФОТО: Getty images

"Fiorentina" hujumchisi Moize Kin yaqindagi transfer oynasida "Parij" klubining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Parijliklar bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligini yaxshi tushunishmoqda, jamoalar o‘rtasida hali hech qanday aloqa bo‘lmagan.

Italiya klubi Kin bilan xayrlashish niyatida emas, chunki u jamoaning muhim qismi hisoblanadi. Futbolchining o‘zi ham hozircha boshqa klubga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti.

Avvalroq Moize Kin Fransiyada to‘p surgan: 2020 yildan 2021 yilgacha ijara asosida “PSJ” safida harakat qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting