Parexo «Vilyarreal»ni tark etadi
Madridda tug‘ilgan futbolchi 'sariqlar' safida jami 269 ta o‘yin o‘tkazdi.
ФОТО: Getty images
'Vilyarreal' klubi 37 yoshli yarim himoyachi Dani Parexo bilan mavsum yakunlanganidan so‘ng xayrlashishini rasmiy e'lon qildi.
Klub bayonotida ta'kidlanishicha, Parexo 'Vilyarreal'da o‘tkazgan olti mavsum davomida katta muvaffaqiyatlarga erishdi va jamoa afsonasiga aylandi. Madridda tug‘ilgan futbolchi 'sariqlar' safida jami 269 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol muallifi bo‘ldi.
Shu davr mobaynida u 2021 yilda Yevropa Ligasini qo‘lga kiritdi, 2022 yilda Chempionlar ligasi yarim finaligacha yetib bordi hamda uch bor jamoasiga Yevropaning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma olishga yordam berdi.
Ayni paytda 'Vilyarreal' Ispaniya chempionati turnir jadvalida 37 ta o‘yindan so‘ng 69 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist