locale OZ

Paredes Argentina terma jamoasidagi kelajagini o‘ylamoqda

32 yoshli xavbek Argentina terma jamoasi safida 84 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Paredes Argentina terma jamoasidagi kelajagini o‘ylamoqda
ФОТО: Getty images

«Boka Xuniors» va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini bildirdi.

Futbolchining aytishicha, Jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyat, shuningdek, Lionel Messining terma jamoadan ketishi unga kelajagi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishga sabab bo‘lgan. Paredes bu masala bo‘yicha bosh murabbiy Lionel Skaloni bilan hali gaplashmaganini aytdi.

32 yoshli xavbek Argentina terma jamoasi safida 84 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urgan. U 2022 yilgi Jahon chempionati hamda 2021 va 2024 yilgi Amerika Kubogida g‘olib chiqqan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting