locale OZ

Paragvaylik futbolchi Turkiya bilan oʻyinda hakamning tushib ketgan soatini taqib oldi

Referining buyumi ikkinchi boʻlimda qaytarib berildi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Paragvaylik futbolchi Turkiya bilan oʻyinda hakamning tushib ketgan soatini taqib oldi
FOTO: Getty Images

Paragvay terma jamoasi yarimhimoyachisi Matias Galarsa JCh-2026 doirasidagi Turkiyaga qarshi oʻyin vaqtida hakam tushirib yuborgan soatni oʻzlashtirib oldi. Mazkur bahsda salvadorlik Ivan Barton (Santa-Ana) bosh hakam sifatida faoliyat olib bordi. Uchrashuvda Paragvay jamoasi (1:0) gʻalaba qozondi, Galarsa esa 2-daqiqadayoq yagona gol muallifiga aylandi.

Birinchi boʻlim yakunida maydonda janjal yuzaga keldi. Turkiyalik himoyachi Merih Demiral raqibi bilan turtishayotganda, tasodifan hakam Ivan Bartonning qoʻliga tegib ketdi va hakamning soati maydonga tushib ketdi. Hamma bir-biri bilan janjallashib va bahslashib turgan bir vaqtda, Galarsa soatni koʻrib qoldi, uni maysazordan olib, oʻz qoʻliga taqib oldi. Salvadorlik bosh hakamga uning soati faqat ikkinchi boʻlimda qaytarib berildi.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Sayyoramizning 2022-yilgi birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan edi. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan edi (4:2).

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting