Pap Tiav: «Biz maydonda g‘alaba qozonib bo‘ldik, biz — Afrika chempionimiz»
Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Pap Tiav Afrika Millatlar Kubogi finalida Marokashga g‘alaba berilishi haqidagi qarorga o‘z munosabatini bildirdi.
«Bu savolga javob bermayman deb o‘ylagan edim, chunki bor e’tiborimni ishimga qaratganman. Eng muhimi — chalg‘imaslik. Biz Afrika chempioni ekanligimizni bilamiz. Boshqa sovrinlarni yutish uchun ishlashda davom etamiz. Bizga shunisi ayonki, musobaqalar va kuboklar maydonda yutiladi. Bu ish allaqachon bajarib bo‘lingan, biz — Afrika chempionimiz», — deya Tiavning so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Marokashning apellyatsiyasini qanoatlantirgani ma’lum bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, Senegal terma jamoasiga final uchrashuvining 90+8-daqiqasida Braim Diasga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltidan so‘ng maydonni tark etgani sababli 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozildi.