locale OZ

Paolo Maldini: «Uchinchi bor Jahon chempionatisiz qolish — bu to‘liq muvaffaqiyatsizlik»

Italiya futboli afsonasi milliy jamoaning mundialga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paolo Maldini: «Uchinchi bor Jahon chempionatisiz qolish — bu to‘liq muvaffaqiyatsizlik»
FOTO: Getty Images

Italiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Paolo Maldini milliy jamoaning JCh-2026 saralashidagi omadsizligidan so‘ng o‘zining keskin munosabatini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar pley-off bosqichining hal qiluvchi bahsida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi bor mundialdan quruq qolishdi.

«Italiya milliy jamoasi libosini kiyganingda, qalbda faxr va ulkan tarixiy mas’uliyatni his qilishing kerak. Bu shunchaki jamoa emas, balki futbol tarixidagi eng buyuk termalardan biridir. Bitta Jahon chempionatini o‘tkazib yuborish — bu xavfli signal, ikkitasi — inqiroz, uchtasi esa allaqachon to‘liq muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi», — deydi Maldini.

Afsonaviy himoyachi hozirgi avlodning ruhiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«Bizning davrimizda iqtidor qadrlanardi, ammo xarakter va g‘oliblik mentalliteti doim birinchi o‘rinda turgan. Intizom, fidoyilik va emblema oldidagi hurmat — bu o‘zgarmas qoida edi. Bugun men g‘alabaga bo‘lgan avvalgi intilishni ko‘rmayapman. Terma jamoa libosi uchun borini berishga tayyor futbolchilarni ko‘rmayapman. Bosniyadan uchralgan mag‘lubiyat shunchaki tasodifiy natija emas, balki chuqurroq muammoning in’ikosidir. O‘zligini, g‘ururini va mas’uliyatini yo‘qotgan Italiya — endi Italiya emas».

Ma’lumot o‘rnida, Paolo Maldini 1988 yildan 2002 yilga qadar Italiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan va jamoaning haqiqiy ramzlaridan biri hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting