locale OZ

Paolo Maldini Buffonni Italiya terma jamoasiga qaytarmoqchi

Buffon 2026-yil bahorida Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionatiga chiqa olmagach, federatsiyadagi lavozimini tark etgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paolo Maldini Buffonni Italiya terma jamoasiga qaytarmoqchi
Foto: Getty Images

Italiya futboli afsonasi Paolo Maldini terma jamoani qayta qurish loyihasida sobiq darvozabon Janluiji Buffon bilan yana birga ishlashni istamoqda. Bu haqda Italiya OAVlari xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yaqinda Italiya futbol federatsiyasining texnik direktori etib tayinlangan Maldini, Buffonni federatsiya tarkibidagi muhim lavozimlardan biriga qaytarish tarafdori. U Buffonning tajribasi va yetakchilik fazilatlari Italiya futbolini tiklash jarayonida katta foyda keltirishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buffon 2026-yil bahorida Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionatiga chiqa olmagach, federatsiyadagi lavozimini tark etgan edi.

Qayd etilishicha, Maldini boshchiligidagi yangi loyiha Italiya futbolini isloh qilish va 2030-yilgi Jahon chempionatiga kuchli jamoa shakllantirishni maqsad qilgan. Buffonning ushbu loyihaga qo‘shilishi borasida muzokaralar davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting