locale OZ

“Pantera” – “Hududiy liga g’oliblari” turniri chempioni!

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
“Pantera” – “Hududiy liga g’oliblari” turniri chempioni!
PHOTO: Telegram

Bir hafta mobaynida mamlakatimiz futsal ishqibozlarining diqqat e`tibori vodiy javhari – Andijon shahriga qaratildi. Bobur yurtida Jahon chempionat munosabati bilan yangi qurib foydalanishga topshirilgan “Universal” sport majmuasida “Hududiy liga gʻoliblari” respublika turniri bo’lib o’tdi. Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuviga Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoalari yetib kelishdi.

Final bahsidan oldin maydonga 3-o’rin uchun FarDU hamda “Gulobod” jamoalari chiqishdi. Teng kurashlar ostida o’tgan uchrashuv taqdirini Islombek Abdunazarov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.

Bosh sovrin uchun kurash ham nihoyatda qiziqarli va shiddatli kurashlar ostida o’tdi. Dastlabki daqiqalardan tashabbusni qo’lga olgan shimolliklar yakunda 2:1 hisobida zafar quchdi. Nukus qal`asi yigitlari “Hududiy liga gʻoliblari” respublika turniri Kubogini qo’lga kiritish barobarida mamlakat milliy chempionati Oliy ligaga yo’llanma uchun o’tish turnirida qatnashish huquqiga sazovor bo’lishdi.

Final uchrashuvidan keyin g’olib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Shuningdek, musobaqa tashkilotchilari tomonidan nominatsiya g’oliblari aniqlandi: FarDU posboni Ziyodullaxo’ja Nazirov “eng yaxshi darvozabon”, “Pantera” hujumchisi Shahriyor Karimbayev “eng yaxshi futzalchi”, Hayotbek Asatullayev “turnir to’purari” sovrinlariga loyiq ko’rildi.


“Hududiy liga gʻoliblari” Respublika turniri
31-may. Shanba.

3-o’rin uchun
Gulobod – FarDU – 0:1. Gol: Islombek Abdunazarov, 28 (0:1)

FINAL
Pantera – Ohangaron – 2:1. Gollar: Salamat Atamuratov, 20 (1:0), O’tkir G’oipov, 27 (1:1), Shahriyor Karimbayev, 31 (2:1).

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting