locale OZ

«Palmeyras» bosh murabbiyi «Tottenhem»ni boshqarishdan bosh tortdi

Avvalroq londonliklar Igor Tudorni joriy mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy etib tayinlagan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Palmeyras» bosh murabbiyi «Tottenhem»ni boshqarishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» jamoa bosh murabbiyi lavozimiga «Palmeyras»ni boshqarayotgan Abel Ferreyrani taklif qilishni rejalashtirgan edi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Tomas Frank iste’foga chiqarilgach, London klubi joriy mavsum yakuniga qadar Igor Tudorni murabbiy etib tayinladi, biroq bunga qadar Ferreyra bilan kelishuvga erishishga urinib ko‘rgan.

Ta’kidlanishicha, «shporlar» portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlikni ta’minlash ustida faol ish olib borishgan, ammo murabbiy rad javobini bergan.

Ferreyra «Palmeyras» tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi. U 2020 yildan buyon ushbu jamoada faoliyat yuritib, ikki bor Braziliya chempioni bo‘ldi, mamlakat Kubogi va Superkubogini, shuningdek, ikki marta Libertadores Kubogi hamda qator boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting