Palmer yana olti hafta maydonga tusha olmaydi
Koul 20 sentyabrdan beri jamoasiga yordam bera olmayapti.
Фото: The Athletic
"Chelsi" hujumchisi Koul Palmer jarohati sabab olti hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska ma'lum qildi.
"Aslida men adashibman. Palmer noyabrda maydonga qaytadi deb o'ylagandim. Afsuski, unga yana kamida olti hafta vaqt kerak bo'ladi. Biz uni imkon qadar himoya qilmoqdamiz, ammo tibbiy guruh sehrgar emas. Umid qilamizki, olti hafta yetarli bo'ladi", – dedi Mareska.
Joriy mavsumda Palmer “ko'klar” safida APL doirasida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Angliyalik futbolchi 20 sentyabrdan beri son atrofiga olgan jarohati tufayli o'yinlarni o'tkazib yubormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist