locale OZ

Palmer uchun yana bir jamoa kurashga qo'shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Palmer uchun yana bir jamoa kurashga qo'shildi
Photo: Getty Images

“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmer yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqida The Independent nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Manchester Yunayted” ham Palmer uchun kurashga qo'shilgan. Mankunianliklar iqtidorli futbolchining transfer huquqini to'liq sotib olishga tayyor.

Shuningdek, “Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer narxi 130 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Palmer barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting