Palmer mashg'ulotlarga qaytdi
Futbolchi mashg'ulotlarning bir qismini "Chelsi"ning umumiy guruhida o'tkazgan.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer oyoq barmog'idan olgan jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
Sky Sports News xabariga ko'ra, o'tgan hafta Palmer uyida jimjiloqini urib olgan. "Chelsi" xavbekning tezroq tiklanishi uchun unga maxsus butsa tayyorlab berdi.
Futbolchi mashg'ulotlarning bir qismini "Chelsi"ning umumiy guruhida o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, Yevropa Chempionlar Ligasi 5-turida "Chelsi" 25-noyabr, seshanba kuni "Barselona" bilan o'ynaydi. 30-noyabr kuni "ko'klar" APLda "Arsenal" bilan bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist