locale OZ

Palmer: “Lamin ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi”

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Palmer: “Lamin ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi”
Photo: Getty Images

“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmerning fikricha, “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal hozirgi paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.

“Rostini aytadigan bo‘lsam, Lamin ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Yamal bu mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta gol+assist qayd etib, hammaning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. U 2025 yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun ham asosiy da’vogarlar qatoriga kiradi”, – deydi Palmer.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal “Barselona” safida barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 24 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt portali 17 yoshli futbolchining qiymatini 180 million yevroga baholagan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting