Palmer JCh-2026’ni oʻtkazib yuboradi — manba
«Chelsi»ning hujumkor yarimhimoyachisi Koul Palmer va himoyachi Livay Koluill 2026 yilgi Jahon chempionatini oʻtkazib yuboradi. Har ikki futbolchi ham Angliya terma jamoasining musobaqa uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmaydi. Bu haqda The Telegraph jurnalisti Mett Lou xabar berdi.
Joriy mavsumda Palmer barcha turnirlarda 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Biroq u jarohatlar sababli klub va terma jamoaning 26 ta uchrashuvini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.
Livay Koluill esa 2025 yilning yozidan 2026 yilning apreliga qadar tizzaning xochsimon paylari uzilishidan keyin tiklanish jarayonini oʻtadi va mavsum davomida barcha turnirlarda bor-yoʻgʻi 4 ta oʻyinda ishtirok etdi, xolos.