Palmer “Chelsi”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aytdi
Photo: Getty Images
“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmer londonliklarning ushbu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi kimligini aytdi.
“Kaysedo – bu mavsumda bizning eng yaxshi futbolchimiz. U bilan o‘ynash – orzu. U har doim raqiblardan to‘pni olib qo‘yadi. Yana nima deyish mumkin? Moyses kamtar va barchaga yoqimli muomala qiladi. Uni bu yerda juda yaxshi ko‘rishadi”, – deya Palmerning so‘zlarini keltiradi Fabrizio Romano.
Ma’lumot uchun, Kaysedo joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 34 o‘yinda 1 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist