locale OZ

Palmer: “Chelsi”da muntazam sovrinlarni yutishni his qilyapman”

Yangi kelishuvga ko‘ra, u 2034 yilning o‘rtalariga qadar London klubi sharafini himoya qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Palmer: “Chelsi”da muntazam sovrinlarni yutishni his qilyapman”
Фото: Getty Images

“Chelsi” klubi hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer bilan shartnoma muddati uzaytirilganini e’lon qildi. Yangi kelishuvga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik futbolchi 2034 yilning o‘rtalariga qadar London klubi sharafini himoya qiladi.

“Chelsi” men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Menimcha, klub to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilmoqda. Shuning uchun yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. Men juda baxtliman.

Klub egalari, sport direktorlari va, albatta, bosh murabbiy bilan bo‘lgan suhbatlar menga ishonch bag‘ishladi. Shu bois yangi shartnoma imzolash mutlaqo to‘g‘ri qaror bo‘ldi.

Jamoadoshlarim bilan suhbatlashganimda, barchamizning maqsadlarimiz bir xil ekanini ko‘ryapman. Bu yerda muntazam ravishda yirik sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz mumkinligini his qilyapman. Men ham shu jarayonning bir qismi bo‘lishni va unda muhim rol o‘ynashni istayman”, — deya Palmerning so‘zlaridan keltiradi “Chelsi” matbuot xizmati.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting