Palmer «Barselona» va «Arsenal»ga qarshi oʻyinlarni oʻtkazib yuboradi
«Chelsi» yulduzi oyoq barmoqlarini sindirib oldi.
FOTO: Getty Images
«Chelsi» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoa yarim himoyachisi Koul Palmerning oldinda turgan o‘yinlarda maydonga tusha olmasligini ma’lum qildi.
Mareskaning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi oyoq barmog‘ini sindirib olgan.
«Koul koʻp ehtimol «Byornli»ga qarshi o‘ynamaydi. «Barselona» va «Arsenal»ga esa aniq maydonga tusha olmaydi. Afsuski, u bilan baxtsiz hodisa yuz berdi. Oyoq barmog‘ini jarohatladi… Sindi», — dedi Mareska.
Palmer avvalroq qovurg‘a sohasidagi jarohatidan deyarli tuzalgan edi, ammo endi yangi muammo yuzaga kelgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist