locale OZ

Palinya «Benfika»ga oʻtishi mumkin – manba

Futbolchi oʻtgan mavsumni ijarada 'Tottenxem' safida oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Palinya «Benfika»ga oʻtishi mumkin – manba
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Palinya faoliyatini 'Benfika'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Glorioso 1904 xabar berdi.

Manbaga koʻra, Lissabon klubi bosh murabbiyi Marku Silva 31 yoshli tayanch yarim himoyachisini jamoaga olib kelishdan manfaatdor va uni ehtimoliy yangi futbolchilar roʻyxatiga kiritgan.

Palinya oʻtgan mavsumni ijarada 'Tottenxem' safida oʻtkazdi. Biroq London klubi uni toʻliq sotib olish huquqidan foydalanmadi. Endi futbolchi 'Bavariya'ga qaytadi, ammo u klub murabbiylar shtabi rejalariga kirmagani uchun yana jamoasini almashtirishi mumkin.

Avvalroq Palinyani 'Sporting'ga qaytarish varianti ham koʻrib chiqilgan edi. Ammo Altimira transferi amalga oshgach, Lissabon klubining sobiq sardoriga boʻlgan qiziqish ancha susaygan.

Oʻtgan mavsumda Joau Palinya 'Tottenxem' safida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, tajribali yarim himoyachining bozor qiymati 15 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting